Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Saylovchilarga axborot berildi
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari Isomxonova Gulnora va Asqarova Nigora tomonidan Madaniyat mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Profilaktika inspektorining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonun doirasidagi faoliyati tahlil qilindi

✅Bandixon tumanida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquq-tartibot organlarining mahallalardagi faoliyati samaradorligini oshirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 12-Obod yurt saylov okrugi deputati N.Allamuratovaga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov Profilaktika inspektorining hududda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish borasidagi faoliyatini o‘rgandi.

✅Monitoring O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuni talablari asosida o‘tkazildi. Tahlillar natijasida hudud 2026-yil davomida kriminogen holat bo‘yicha "yashil" toifada saqlanib kelayotgani va jinoyatchilik qayd etilmagani ma’lum bo‘ldi.

✅Shuningdek, 1 nafar profilaktik hisobda turgan fuqarolar bilan olib borilayotgan individual-profilaktik tadbirlar, ularni sog‘lom hayot tarziga qaytarish va bandligini ta’minlash choralari tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunida kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash hamda aholi xavfsizligini kafolatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli amaliy vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1