Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Saylovchilarga axborot berildi
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari Isomxonova Gulnora va Asqarova Nigora tomonidan Madaniyat mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
“PASTDARG‘OM TAJRIBASI”: YOSHLAR FAOLIYATI — ANIQ MEZONLAR ASOSIDA BAHOLANADI

 “PASTDARG‘OM TAJRIBASI”: YOSHLAR FAOLIYATI — ANIQ MEZONLAR ASOSIDA BAHOLANADI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahati guruhi faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarning tashabbuskorligi va jamoatchilik boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish maqsadida “Pastdarg‘om tajribasi” doirasida navbatdagi muhim tashabbus yo‘lga qo‘yilmoqda.

📌 3-tashabbus — “Yoshlar maslahati guruhi reyting tizimi”
Mazkur tizim orqali guruh a’zolarining faoliyati aniq va o‘lchab bo‘ladigan mezonlar asosida baholab boriladi.

📊 Reytingda quyidagi ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor qaratiladi:
🔹 o‘rganilgan muammolar soni;
🔹 ilgari surilgan takliflar;
🔹 ijobiy hal etilishiga erishilgan masalalar;
🔹 yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar;
🔹 deputatlik so‘rovlariga tayyorlangan takliflar;
🔹 amalga oshirilgan ijtimoiy loyihalar;
🔹 ilgari surilgan yangi va amaliy tashabbuslar.