Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Saylovchilarga axborot berildi
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari Isomxonova Gulnora va Asqarova Nigora tomonidan Madaniyat mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna o‘zi saylangan okrugdagi “Istiqbol” MFYda xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli N.Alimova tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash,ta’lim va tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.Bandlik va tadbirkorlik yo‘nalishida 48 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan,18 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 531 million so‘m kredit ajratilgan,3 nafar xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitilib, sertifikatlar berilgan va o‘zini o‘zi band qilishi uchun ko‘mak ko‘rsatilgan.Oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida ajrim yoqasida turgan 7 ta oila muammosi o‘rganilgan,mahalla yarashtiruv komissiyasi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida 5 ta oila yarashtirilgan,qolgan 2 ta oila bilan yarashtirish choralari davom ettirilmoqda.Shuningdek, 2 nafar xotin-qizga imtiyozli kvota asosida oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishida ko‘maklashilgan.Deputat o‘rganish davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda oilaviy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlar samaradorligiga e’tibor qaratdi.Yakunda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib,mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 3