Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Saylovchilarga axborot berildi
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari Isomxonova Gulnora va Asqarova Nigora tomonidan Madaniyat mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_qonun_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida O‘RQ–415-sonli Qonun ijrosi o‘rganildi

Bandixon tumanida aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va shaffofligini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tumandagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi.

Monitoring jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni talablarining ijro etilish holati atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, markaz tomonidan keksalar, nogironligi bor shaxslar hamda og‘ir turmush sharoitiga tushgan oilalarga manzilli va sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ularni reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan markaz rahbariyati va xodimlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sifatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2