Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Saylovchilarga axborot berildi
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari Isomxonova Gulnora va Asqarova Nigora tomonidan Madaniyat mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
Hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Xolmurotov tomonidan tumanning “Pskom” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi S.Esonboyevning aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish va ishsiz fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb etish borasidagi ishlari o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallada istiqomat qiluvchi ishsiz va ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Jumladan, fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, o‘zini o‘zi band qilish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunarga o‘qitish hamda imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar ko‘rib chiqildi.

🔻Shuningdek, mahallada ishsiz aholini aniqlash, ularning qiziqishi va imkoniyatlaridan kelib chiqib munosib ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi.

🔻O‘rganish yakunida mahallada ishsiz fuqarolarni kamaytirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlaridan samarali foydalanish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3