Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 7-chaqiriq, 2-sessiyasi o‘tkazildi
🔷 Sessiyada xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi tuman hokimi Xabibullo Bozorov, viloyat hamda tuman Kengashi deputatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
🔷 Sessiyada kun tartibida xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining doimiy komissiyalar tarkiblarini tasdiqlash, xalq deputatlari Uzun tumani Kengashida ish yuritish yo‘riqnomasini tasdiqlash va xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risidagi masalalar ko‘rib chiqildi,
🔷 Sessiyada ko‘rilgan masalalar deputatlar tomonidan muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi