SHUKR QILING!
Erta tongda uyg‘onib, erinibgina yuzingizni yuvishingiz uchun 10 soniya kifoya qilarkan, yotog‘iga mixlangan, shiftdan boshqa narsa ko‘rmaydiganlar bor...
Shukr qiling, birodarim! Oyoqkiyim kiyishingiz uchun oyoqingiz bor...
Sizning jig‘ibiyron bo‘lib, avtobus tomon yugurganingizni uzoqdan nogironlar aravasida o‘tirib kuzatib turgan odam bor...
Onangiz oldingizga qo‘ygan taomga burun jiyrarkansiz, bozor rastalarida sochilib yotgan chirigan sabzavotlarni yig‘ib yurgan ONAlar bor...
☝️Isyon qilmang, qardoshim!
Onasizlar bor... otasizlar bor... ne’matlar qiymatini biling!
Har nafsning o‘lim totmog‘i bor...
Holingizga shukr qiling - ki, siz bugun uyg‘ondingiz... Yostiqdan bosh ko‘tara olmay, so‘nggi nafasini chiqarganlar bor...
Shukur kiling!!!