Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kiritilib, ko‘rib chiqildi:
- Bo‘stonliq tumanida 2024-yil uchinchi chorak mahalliy budjet daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi mablag‘lari hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar to‘g‘risida;
- Bo‘stonliq tumanida beshinchi bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bo‘ldi.
Sessiya yakunida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi.