Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yanada takomillashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmoni ijrosni ta’minlash maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
PF-71-son (https://lex.uz/uz/docs/-7486412)
Sariosiyo tumani “Nuroniylar maskani”da “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi, Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputati S.Qosimov tomonidan barcha mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan Faol nuroniylar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida “Yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratishni davom ettirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar” mavzusi bo‘yicha mahalla xududidagi korxona va tashkilotlarda targ‘ibot ishlarini olib borilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.