Ta’lim sohasidagi islohotlar-deputatlar e’tiborida
Muhtaram Prezidentimiz raisligida 2025-yil 15-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ta’limdagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari keng muhokama qilindi. Mazkur yig‘ilishda mahalliy Kengash deputatlariga ham ta’lim sifatini oshirishda faol ishtirok etish, joylardagi muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etishda bevosita qatnashish vazifasi topshirildi.
Bu borada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Qosimov tumandagi 61-son umumta'lim maktabi oʻqituvchilariga Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan “Ta'lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari” toʻgʻrisida oʻtkazilgan videoselektordagi nutqlarini tushuntirish maqsadida targʻibot ishlarini olib bordi.
Deputat yig‘ilganlarga murojaat qilar ekan, ushbu islohotlar — farzandlarimiz kelajagi, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun qadam ekanligini ta’kidlab o‘tdi.