2025-yilning 17-may kuni Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga “14-Navroʻz” okrugidan saylangan deputat Avazov Saydali Ergashovich Shohjahon va Yoqutli bogʻ mahallasi fuqarolari hamda Sariosiyo tumanidagi 18-son umumta'lim maktabi oʻqituvchilariga Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan 2025-yil 15-may kuni “Ta'lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari” toʻgʻrisida oʻtkazilgan videoselektordagi nutqlarini tushuntirish maqsadida targʻibot ishlarini olib bordi.