Yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Joriy yilning 1 may kuni Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S. Abduvaliyeva tomonidan Navruz mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar aholi dardini tinglash va ularga yechim topish yo‘lida muhim qadam bo‘lmoqda. Deputat har bir murojaatga alohida e’tibor qaratib, muammolarni joyida o‘rganmoqda hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish choralarini belgilamoqda. Bu kabi ochiq muloqotlar xalq ishonchini mustahkamlab, jamiyatda adolat va oshkoralik tamoyillarini qaror toptirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3