5-may kuni ish rejasi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev hamda tuman deputati G'.Saitboyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yana-da yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, Sardoba tumani “Otayurt” mahallasi hududida joylashgan 13-sonli maktabgacha va maktab ta’limi muassasasi uchun yangidan qurilgan binoning qurilish ishlari joyiga chiqib, atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda obyektning foydalanishga topshirishga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.