Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
Samarqand shaharni 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida shahar hokimi F.Umarovning hisoboti;
Samarqand shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i I.Abdullayevning “2026-yilning 1-chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida”gi hisoboti;
Samarqand shahar “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-oktabrdagi “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-343-son qarorining shahardagi ijrosi yuzasidan “Samarqand suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori I.Shermatovning 2025-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti;