Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔰Yangi ko‘p qavatli uylar qurilishi muhokama qilindi.

🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, shahar hokimi K.Xolmurodov hamda deputat B.Toshpo‘latovlar “Qaliya” MFYda bo‘lib, mahalliy aholi bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Muloqot markazida hududdagi “Toshkent” ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlari o‘rnida zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurish loyihasi muhokama qilindi.

🔹Loyihaga ko‘ra, yangi quriladigan ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida savdo va xizmat ko‘rsatish do‘konlari tashkil etiladi. Bu esa mahalla ahli uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va kundalik ehtiyojlarni yaqin atrofda qondirish imkonini beradi. 

🔹Uchrashuvda loyiha doirasidagi barcha qurilish va qayta qurish ishlari O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi talablariga muvofiq amalga oshirilishi va mazkur yangilanishlar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish bilan birga, aholining yashash sharoitini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishi taʼkidlandi.

🔹Shuningdek, deputatlar va soha mutaxassislari yangi uylar qurilishi munosabati bilan hududdagi gaz, suv, elektr energiyasi hamda kanalizatsiya tarmoqlarini yangilash va quvvatini oshirish rejalari bo‘yicha fuqarolar savollariga batafsil javob berdilar. 

Slide 1 of 7