Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Ziyolilar” mahallasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi hamda xonadonlardagi muammolar o‘rganildi.

 “Ziyolilar” mahallasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi hamda xonadonlardagi muammolar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 17-Qoriravot saylov okrugi deputati Xudayberdiyeva Shahlo Egamberdiyevna tomonidan “Ziyolilar” mahalla fuqarolar yig‘inida viloyatdan tashrif buyurgan ijtimoiy xodimlar ishtirokida onlayn tarzda tanlab olingan xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolarning ijtimoiy ahvoli, turmush sharoiti, mavjud muammolari hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish holati yuzasidan ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda zarur choralar belgilandi.

Tashrif davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, manzilli yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, bunday o‘rganishlar aholining haqiqiy ehtiyojlarini aniqlash, ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish hamda fuqarolarga manzilli va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini tizimli hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3