#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Farovon mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, “mahalla yettiligi” hamkorligida olib borilayotgan faoliyat tahlil qilindi.
Mahalla raisi tomonidan fuqarolar muammolarini joyida hal etish, bandlikni ta’minlash hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi.
O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bilan muloqotni yanada kuchaytirish hamda mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|