Qadrli yurtdoshlar!
Qurbon hayiti qalblarimizga mehr, bag‘rikenglik va shukronalik tuyg‘ularini olib kiradigan ulug‘ ayyomdir.
Bu muborak kunlarda inson qadri, oila mehri va yaqinlar bilan diydorning naqadar muhim ekanini yanada chuqur his etamiz. Har bir xonadonda duolar, ezgu tilaklar va samimiy suhbatlar yangraydi.
Azizlar,
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surib, farzandlarimiz kulgusi, keksalarimiz duosi, insonlarimiz o‘rtasidagi mehr-oqibat bardavom bo‘lsin.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga fayzu baraka, qalbingizga xotirjamlik tilayman.
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!