Deputat murojaati e’tiborda: Muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T.Ashurova tomonidan hududdagi ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida yo‘llangan deputatlik murojaatiga “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ tuman filiali tomonidan rasmiy javob xati yo‘llandi.
Unga ko‘ra, deputat tomonidan ko‘tarilgan muammolar va aholi murojaatlari korxonaning mas’ul xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganilgan.
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar deputat va jamoatchilik nazoratida davom etadi.