Deputatlar xalq ichida: “Serharakat” MFYdagi murojaatlar joyida o‘rganildi
Aholi murojaatlari bilan ishlash, ularning dardu tashvishlariga quloq tutish va muammolarga huquqiy hamda amaliy yechim topish xalq vakillarining bosh mezonidir.
Shu maqsadda, Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi kotibiyat mudiri O‘.Rajabov hamda xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari ishtirokida navbatdagi sayyor o‘rganish uchrashuvi tashkil etildi.
Bu galgi ishchi guruhning manzili tumandagi “Serharakat” MFYga qarashli “Beshtom” qishlog‘i bo‘ldi.
Muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi.
O‘rganish davomida Beshtom qishlog‘i fuqarolari tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va mulohazalar atroflicha tahlil qilindi