Yaxshi niyatlar bilan intilayotgan yoshlar — yurtimiz kelajagi!
Bugun yurtimizning barcha maktablarida bo‘lgani kabi, Uzun tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabida ham ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bayramona ruhda o‘tkazildi.
Mazkur qutlug‘ ayyom va bitiruvchilar tadbirida Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘.Rajabov bitiruvchi yoshlarni hayotning yangi va mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganliklari bilan samimiy muborakbod etdi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga berilayotgan yuksak e’tibor, tumanda yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, yoshlarning kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tiladi.