"Tepaguzar" mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
"Tepaguzar" mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
📌 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi 8-Tabassum saylov okrugi deputati Samandar Ismailov tomonidan hududidagi “Tepaguzar” mahallasida aholi murojaatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
💡O‘rganishlar davomida mahalla hududidagi mavjud muammolar ko‘zdan kechirilib, aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi.
🌳 Jumladan, hududda joylashgan qurib qolgan daraxtlarning xavfsizlik nuqtai nazaridan kesilishi zarurligi, shuningdek, bolalar maydonchalarida ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish lozimligi aniqlandi.
📝 Mazkur masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga, xususan Boshqaruv servis kompaniyasiga zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha murojaatlar yo‘naltirildi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.