Новости

Последние новости

янв.21
Deputat murojaati e’tiborda: Muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda
янв.21
Bola kulgisi — dunyoning eng chiroyli musiqasi, bola baxti esa hayotimizning eng katta boyligidir.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 1-5-iyun kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida tanishing:
янв.21
📅 2026-yil 25-may – 26-may Uzun tuman Kengashi
янв.21
Qurbon hayiti qalblarimizga mehr, bag‘rikenglik va shukronalik tuyg‘ularini olib kiradigan ulug‘ ayyomdir.
янв.21
Deputatlar xalq ichida: “Serharakat” MFYdagi murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorlari qanday kuchga ega?
янв.21
Deputat so‘rovi - bu
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 16 tavsiyalar.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun Boyovut tumani kengashi deputati Karomat Karimova o‘z saylov okrugi – “A.Navoiy” mahallasida olib borilayotgan infratuzilma ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Hududda 10 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘ini rekonstruksiya qilish hamda 5 dona 100 kVA quvvatga ega transformator punktlarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Ayni paytda ushbu loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Rejaga muvofiq, 281 dona beton ustunlardan 241 donasi mahallaga yetkazilgan. Shuningdek, “A.Navoiy” mahallasining "Shox" ko‘chasi hamda “Yangiavlod” ko‘chasida 147 dona beton ustunni o‘rnatish ishlari boshlab yuborilgan.

Mazkur ishlarning barchasini iyul oyining yakuniga qadar to‘liq amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu mahalla aholisi uchun elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2