Новости

Последние новости

янв.21
Deputat murojaati e’tiborda: Muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda
янв.21
Bola kulgisi — dunyoning eng chiroyli musiqasi, bola baxti esa hayotimizning eng katta boyligidir.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 1-5-iyun kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida tanishing:
янв.21
📅 2026-yil 25-may – 26-may Uzun tuman Kengashi
янв.21
Qurbon hayiti qalblarimizga mehr, bag‘rikenglik va shukronalik tuyg‘ularini olib kiradigan ulug‘ ayyomdir.
янв.21
Deputatlar xalq ichida: “Serharakat” MFYdagi murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorlari qanday kuchga ega?
янв.21
Deputat so‘rovi - bu
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 16 tavsiyalar.
O‘zbekiston va Vengriya: Kengaytirilgan strategik sheriklik sari qadamlar

 Davlat rahbarining Vengriya va Sloveniyaga tashrifi, shuningdek, ta’lim sohasidagi islohotlari bo‘yicha Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari targ‘ibot ishlarini olib bordilar.

Ana shunday targ‘ibot tadbirlaridan biri mahalliy Kengash deputati M.T.Jumaniyozova tomonidan Urganch davlat universiteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

DeputatM.Jumaniyozova O‘zbekiston dunyo sahnasida tinchliksevar, ochiq va pragmatik siyosat yurituvchi davlat sifatida e’tirof etilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoevning joriy yil 19–22 may kunlari Vengriya va Sloveniyaga amalga oshirgan rasmiy tashriflari
ham ana shu siyosiy yurishning mantiqiy davomi, deb ta’kidladi.

Ikki davlat o‘rtasida ekstraditsiya, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, tabiiy ofatlar monitoringi, ilm-fan, innovatsiyalar va tinch atom sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida muhim hujjatlar imzolanganligi, bu esa hamkorlik qamrovining kengligi va har tomonlama
rivojlanayotganini yaqqol namoyon etishi haqida so‘z bordi.

Tadbirda Davlat rahbarining ta’lim sohasidagi islohotlari va ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida ham so‘z bordi.

Slide 1 of 1