Новости

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 14-Navoiy saylov okrugi deputati M.Ravshanova hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP Uchquduq tuman Kengashi raisi G.Gaffarjanovalar tomonidan Navoiy mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli va samarali tashkil etilishi;

🔹 Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida to‘lash ishlari;

🔹 Ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash va ularni zarur yordam bilan qamrab olish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🤝 Bunday o‘rganishlar fuqarolarning muammolarini aniqlash, ularni hal etish choralarini belgilash va ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3