Новости

QUMTEPA MAHALLASIDA YO‘L QURILISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

QUMTEPA MAHALLASIDA YO‘L QURILISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Uychi tumani Qumtepa mahallasidagi Hunarmandlar ko‘chasida yo‘l qurilishi ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar ko‘cha infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda hudud obodligini ta’minlashga qaratilgan.

Yo‘l qurilishi ishlari yakunlangach, mahalla aholisi uchun yanada qulay sharoit yaratilishi, transport vositalari va piyodalar harakati uchun imkoniyatlar yaxshilanishi kutilmoqda.

Hududlarda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va aholi uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 1