Новости

FUQARO MUROJAATI JOYIGA BORIB O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Uychi tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 8-Muborak saylov okrugi deputati N. Dedaxanova tomonidan Xurriyat mahallasida istiqomat qiluvchi T.D. ismli fuqaroning murojaati joyiga borib o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaro tomonidan bildirilgan murojaat mazmuni bilan yaqindan tanishilib, mavjud holat joyida ko‘zdan kechirildi. Murojaatda ko‘tarilgan masalani atroflicha o‘rganish, uning yechimini topish hamda qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli ishlar olib borildi.

Fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish va aholi manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Slide 1 of 1