FUQAROLAR BILAN UYMA-UY MULOQOT
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva o‘zi saylangan Termiz MFY hududida uyma-uy yurib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Muloqot davomida xonadonlarda yashovchi fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda qayd etilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va murojaatlarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.