MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova tomonidan Kelajak mahallasi hududidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilarning kun tartibi, ovqatlanish sifati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi kabilarga e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur imkoniyatlarni kengaytirish va ta’lim-tarbiya sifatini oshirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.