DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuman Davlat xizmatlari markazi (DXM) faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida markazda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni, yaratilgan qulayliklar, xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aholiga tezkor, sifatli va qulay davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.