Новости

Последние новости

Mustaqillik mahallasida aholi bandligi va daromad manbalari o‘rganildi

Mustaqillik mahallasida aholi bandligi va daromad manbalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan Mustaqillik mahallasida aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar va tadbirkorlik faoliyati samaradorligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi ko‘magida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalarning daromadlarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, imtiyozli kreditlar asosida tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati bilan tanishilib, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan xonadonlarda yetishtirilgan dastlabki mahsulotlarning hosilga kirgani va bozorga chiqarilayotgani e’tirof etildi.

Shuningdek, aholi vakillari bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Xonadonlarda yaratilgan daromad manbalari, mavjud imkoniyatlar hamda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi farovonligini yuksaltirish va oilalarning barqaror daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4