SESSIYA OLDI O‘RGANISH: ASFALTLANGAN ICHKI KO‘CHALAR HOLATI KO‘ZDAN KECHIRILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov Orol MFY raisi bilan birgalikda mahalla hududida yangi asfalt yotqizilgan ichki ko‘chalar holatini o‘rgandi.
Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 1-Xalqabod saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyeva tomonidan sessiyada ilgari surilgan taklif ijrosi yuzasidan sessiya oldidan amalga oshirildi.
O‘rganish davomida asfaltlangan ichki ko‘chalarning holati, bajarilgan ishlar natijasida aholi uchun yaratilgan qulayliklar hamda yo‘l infratuzilmasining bugungi ahvoli ko‘zdan kechirildi.
Ushbu kabi o‘rganishlar deputatlar tomonidan ilgari surilgan takliflarning amaliy natijalarini baholash, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini aniqlash va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.