XONADONDA LIMONCHILIK TAJRIBASI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan xonadonida limonchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan "Xalqobod" mahallasidagi fuqaroning faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida xonadonda limon yetishtirish sharoitlari, parvarishlash jarayoni hamda ushbu faoliyat orqali oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Ta’kidlash joizki, xonadonlarda limonchilikni rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish va oilalar daromadini ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday tajribalarni ommalashtirish orqali aholi o‘rtasida tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va tomorqachilik madaniyatini yanada rivojlantirishga erishish mumkin.