Новости

Последние новости

янв.21
Doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Nurli diyor” MFYdagi tikuvchilik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Nurli diyor” MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Nurli diyor” mahallasida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
Aholining dori-darmon bilan ta’minlanishi o‘rganildi
янв.21
“Qahramon” MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Qahramon” MFYda 330 o‘rinli yangi maktab va sport zali qurilishi davom etmoqda
янв.21
Bolalar manfaatlari — jamiyat kelajagi garovi!
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 15–19-iyun kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hafta dayjesti
“Qahramon” MFYda 330 o‘rinli yangi maktab va sport zali qurilishi davom etmoqda

“Qahramon” MFYda 330 o‘rinli yangi maktab va sport zali qurilishi davom etmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov 7-Qahramon saylov okrugi deputati S.Xakimov bilan birgalikda Termiz tumanining “Qahramon” MFY hududida barpo etilayotgan yangi umumta’lim maktabi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida mas’ullar tomonidan qurilish ishlari sifati, belgilangan reja va muddatlarga rioya etilishi hamda obyektda yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Ta’kidlanishicha, loyiha doirasida 330 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi hamda 12x24 o‘lchamdagi sport zali qurilishi amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda qurilish-montaj ishlari jadval asosida barqaror davom etmoqda. Mutasaddilar tomonidan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Yangi ta’lim maskani foydalanishga topshirilgach, “Qahramon” MFY hududida yashovchi o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim sharoitlari yaratiladi, yoshlarning bilim olish imkoniyatlari kengayadi hamda ta’lim sifati yanada oshadi.

Slide 1 of 7