Bolalar manfaatlari — jamiyat kelajagi garovi!
Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni bolalarning maʼnaviy, ruhiy va jismoniy rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan axborotlardan himoya qilishga qaratilgan.
Mazkur Qonun bilan:
🫥 bolalar uchun xavfli axborot turlari belgilangan;
🫥 axborot mahsulotlarini yosh toifalari boʻyicha tasniflash tartibi joriy etilgan;
🫥 bolalarning sogʻligʻi va tarbiyasiga zarar yetkazuvchi axborotlarning tarqatilishiga cheklovlar oʻrnatilgan;
🫥 davlat organlari, taʼlim muassasalari va ota-onalarning masʼuliyati belgilangan.
Farzandlarimizni zararli axborotlardan asrash, ularning sogʻlom va barkamol voyaga yetishiga xizmat qiluvchi xavfsiz axborot muhitini yaratish — barchamizning muhim vazifamizdir.