Termiz MFYda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari nazoratda
Aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani yaratish maqsadida Termiz MFY hududida yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda ushbu hududda asfalt qoplamasi yotqizishdan oldingi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputati J. Taxchiyeva hududga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida yo‘l qurilishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, tayyorgarlik ishlari sifati hamda belgilangan rejalarning ijrosi muhokama qilindi.
Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.
Hududlarni obod qilish, aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.