Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mudiri A.Avliyakulov hamda deputat Sh.Norsayev, mutaxassis T.Murodov tomonidan Termiz tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi.
Tashrif davomida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati va tezkorligi, fuqarolar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda murojaatlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish jarayonida aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish, xizmatlardan foydalanishda qulayliklarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.