Новости

Последние новости

янв.21
Doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Nurli diyor” MFYdagi tikuvchilik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Nurli diyor” MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Nurli diyor” mahallasida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
Aholining dori-darmon bilan ta’minlanishi o‘rganildi
янв.21
“Qahramon” MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Qahramon” MFYda 330 o‘rinli yangi maktab va sport zali qurilishi davom etmoqda
янв.21
Bolalar manfaatlari — jamiyat kelajagi garovi!
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 15–19-iyun kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hafta dayjesti
Buxoro viloyatining 2026-yilgi strategik taraqqiyot yo‘nalishlari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi

Buxoro viloyatining 2026-yilgi strategik taraqqiyot yo‘nalishlari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi 

✅Buxoro davlat universiteti kichik majlislar zalida хalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha kengaytirilgan qo'shma doimiy komissiyasining o‘n to‘qqizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur muhim yig‘ilishda O'zLiDeP Buxoro viloyati Kengashi raisi, mazkur doimiy komissiya raisi, Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor O.Xamidov boshchiligidagi deputatlar, shuningdek, viloyatning mas’ul boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar. 

🔵Yig‘ilish kun tartibida viloyatning kelgusi yilgi moliyaviy-iqtisodiy poydevorini belgilovchi strategik masalalar — 2026-yilda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi hamda kelgusi yilgi mahalliy byudjet loyihasi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlar uchun qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar hamda mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ulardagi binolarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish kabi dolzarb mavzular tahliliy muhokama qilindi.

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari B.Hamroyev va U.Najmiddinov, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari S.Muxammedov, Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi hududiy boshqarmasi boshlig‘i F.Ergashev hamda viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Raxmonovlarning axborotlari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya a’zolari tomonidan barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qaror loyihalarini Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 10