📍 Hudud: Arbob va Istiqbol mahallalari
📅 Sana: 2026-yil 4-may
👥 O‘rganishda ishtirok etdi:
🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi — D.Abdrimova
🔹 12-Arbob saylov okrugidan saylangan deputat — M. Nurjanova
📖 O‘rganish mavzusi:
O‘RQ–561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
✅ O‘rganilgan asosiy yo‘nalishlar:
🔸 Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish holati
🔸 Himoya orderlari berilishi va ijrosi
🔸 Xotin-qizlar murojaatlari bilan ishlash sifati
🔸 Notinch hamda xavf guruhidagi oilalar bilan manzilli ishlash
🔸 Mahalla xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori hamkorligi
🏘 O‘rganish davomida:
✔️ Mahalladagi bir qator oilalar holati o‘rganildi
✔️ Xotin-qizlar bilan suhbatlar o‘tkazildi
✔️ Mavjud muammolar va murojaatlar tinglandi
✔️ Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar nazoratga olindi
📌 Yakunda:
Mutasaddilarga qonun ijrosini samarali tashkil etish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda muammoli oilalar bilan individual ishlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.