📅 27-aprel
🔹 1.Deputat I. Masharipov tomonidan tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy holat o‘rganildi.
🔹 2.Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova, deputat Z. Polvonova hamda “Madad” NNT vakili O. Ataxanov ishtirokida fuqarolarga huquqiy maslahat berish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
🔹 3.Deputat G‘. Ollomov tomonidan Bog‘bon va Bo‘yrachi mahallalarida sayyor qabul hamda ochiq muloqot tashkil etildi.
📅 28-aprel
🔹 4.Viloyat deputati X. Davletov, tuman deputati D. Shadanova, bosh mutaxassis U. Ruzmetov hamda “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi M. Abdiyazov ishtirokida 53-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida pedagoglar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔹 5. I. Masharipov va deputat G. Dosova tomonidan Paxtakor mahallasidagi 42-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 6.53-son OSHP faoliyati o‘rganildi.
🔹 7.“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi.
📅 29-aprel
🔹 8.Deputat M. Madraximov hamda bosh mutaxassis U. Ruzmetov tomonidan Ipakchi mahallasida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.
📅 30-aprel
🔹 9.Deputat M. Bobojonova tomonidan aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
📖 Asos: O‘RQ–641-son
🔹 10.Tumandagi 5-son DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹11.bosh mutaxassis D. Abdrimova va deputat Z. Polvonova tomonidan 12-son umumta’lim maktabida ta’lim sifati hamda yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash holati o‘rganildi.
🔹 12.Viloyat deputati X. Davletov, deputat D. Shadanova va bosh mutaxassis U. Ruzmetov “Monoq” mahallasidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rgandilar.
📅 1-may
🔹 13.Kotibiyat mudiri I.Masharipov, bosh mutaxassis U. Ruzmetov hamda deputat M. Kariyev tomonidan 39-son umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi. Huquqiy asos: “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ–637-son Qonuni.
🔹 14.VMQning 2022-yil 25-avgustdagi 472-son qarori ijrosi asosida 39-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi.
🔹 15.Hududdagi 35-son DMTTda maishiy chiqindilarni saqlash va olib chiqib ketish holati o‘rganildi.