👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Shadanova Dilaram Kadamovnaga Shovot tumani markazidan o‘tgan Zamaxshariy ko‘chasida yashovchi fuqarolardan og‘zaki murojaat kelib tushdi.
📍 Murojaatga ko‘ra, ushbu ko‘chada, yangi barpo etilayotgan xiyobonning yon tomonida ichimlik suvi quvuri teshilgan va buning natijasida ichimlik suvi bexuda isrof bo‘lmoqda.
📄 Ushbu muammoni qisqa muddatda bartaraf etish maqsadida, deputat tomonidan "Xorazm suv ta'minoti" AJ Shovot tumani filiali boshlig‘i K.Vaisovga DEPUTAT SO‘ROVI yuborildi.
🛠 So‘rovda Zamaxshariy ko‘chasidagi ichimlik suvi quvurini qisqa muddatda ta’mirlash hamda quvurdagi nosozlikni bartaraf etish talab qilingan.
⚖️ "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga asosan, ushbu so‘rov yuzasidan javob so‘rov olingan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmay yuborilishi shart.
⚠️ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 193-moddasiga ko‘ra, deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish mansabdor shaxslarga jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.
🧐 Masalaning yechimi deputat nazoratida.