HAFTALIK DAYJEST:
Yakunlanayotgan haftada Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobi bilan tanishing:
🏛 FUQARO MUROJATI O‘RGANILDI
📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov tomonidan “Majnuntol” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Z. Muqimovaning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
📌 Deputatlik nazorati: Maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlar o‘rganildi
🔍 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
📌 Saylovchilar bilan uchrashuvda muhim masalalar muhokama qilindi
🗣 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 23-Kattabog‘ saylov okrugi deputati S. Abdulaxatova tomonidan “Kattabog‘” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
📌 Deputat tashabbusi bilan maktab hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
🏫 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov tashabbusi hamda homiyligi hisobidan “Chag‘atoy” mahallasida joylashgan 28-umumta’lim maktabi hududida betonlash ishlari olib borilmoqda.
📌 Tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv va huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi
🗣 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 23-Kattabog‘ saylov okrugi deputati S. Abdulaxatova tomonidan “Kattabog‘” mahallasidagi 86-sonli oilaviy poliklinikada faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashdi
📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
💊🏥 AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH – DOIMIY E’TIBORDA
📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputati S. Irisov tomonidan “Mehnatobod” mahallasida faoliyat yuritayotgan dorixona ish faoliyati o‘rganildi.
📌 OILAVIY TADBIRKORLIK BO‘YICHA HUQUQIY TUSHUNCHALAR BERILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov tomonidan “Vandob” mahallasi Sherjon qishlog‘ida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📌 Yer munosabatlariga oid qonun targ‘iboti o‘tkazildi
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputat A. Choriyev tomonidan saylovchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustda qabul qilingan O‘RQ-937-son “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida ”gi Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
📌 DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch yog‘och–Qarabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova (https://t.me/c/1181391810/5380) ishtirokida Qarabog‘ mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
⚽️ “Dolzarb 90 kun” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
📍 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov tomonidan 19-son umumta’lim maktabida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish holati o‘rganildi.
📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi.
🔷 Maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlar o‘rganildi
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari
M. Madarqulov, L. Hakimova, N. Saidova hamda S. Abdulaxatovalar tomonidan Sherobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi, “Buyuk ipak yo‘li” mahallasi hududida joylashgan
1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.