📌 DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch yog‘och–Qarabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova ishtirokida Qarabog‘ mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
📋 Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
🏗 Nazorat tadbiri davomida mahalla aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan qurilish va infratuzilma ishlari ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, sifati hamda belgilangan muddatlarga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
✅ O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiya va takliflar berilib, loyihaning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi deputatlik nazoratiga olindi.