🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Ekspert guruhlari tashkil etilgan.
✔️Ekspert guruhi:
— mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalari faoliyatini ekspert hamda axborot-maslahat jihatidan qo‘llab-quvvatlash;
— norma ijodkorligi jarayonlariga ko‘maklashish;
— nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazishda amaliy yordam berish maqsadida faoliyat yuritadi.
✔️Mazkur guruh:
— jamoatchilik asosida faoliyat olib boradigan maslahat organi hisoblanadi;
— mahalliy Kengash qarori bilan shakllantirilgan;
— uning xulosalari tavsiyaviy xususiyatga ega.
✔️Ekspert guruhi o‘z faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, Hukumat qarorlari hamda mahalliy Kengash hujjatlariga amal qiladi.
✔️Ushbu tizim mahalliy Kengashlar faoliyatida ochiqlik, samaradorlik va professional yondashuvni kuchaytirishga xizmat qiladi.
✍️ Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Z.Eshmurodova