Новости

Последние новости

Aholi bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa

📊 Aholi bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa

👥 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Turopova tomonidan Samarqand MFYda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

📘Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni (№O‘RQ-642) mazmun-mohiyati tadbirkorlarga atroflicha tushuntirildi. Xususan, Qonun doirasida yaratilgan imkoniyatlar, davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🗣Tadbirkorlar faoliyati aholi bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

🤝Bunday uchrashuvlar tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.