Новости

Последние новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Mahallalarda olib borilayotgan ishlar o‘rganilmoqda 

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP Sherobod tuman Kengashi raisi M. Madarqulov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

🏡 Shu doirada “Dehqonariq” mahallasida hokim yordamchisi F. Safarovning ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tashrif davomida aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni hal etish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahallada olib borilayotgan islohotlar samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

📊 O‘rganish jarayonida mavjud yutuqlar bilan birga ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Bunday o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2