Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🌿 OBOD MAHALLA — FAROVON HAYOT GAROVI

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S.To‘rayeva tashabbusi bilan “G‘ambur” mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi.

🧹 Hashar davomida mahalla hududidagi ariqlar qazilib tozalandi, daraxtlarga oqlov ishlari amalga oshirildi hamda hududning sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Mahalla faollari va fuqarolar ham obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etib, mahalla yanada fayzli va ko‘rkam maskanga aylanishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

✨ Bu kabi ezgu tashabbuslar hududlar obodligi, aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4