Deputatlar mahalla yettiligi bilan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha uchrashdi
👤 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov hamda 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N.Saidova tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida “Qo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📌 Uchrashuvda mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
📊 Xususan: aholi bandligini ta’minlash, tomorqalardan unumli foydalanish, mahallani obodonlashtirish, mahalla ayollari o‘rtasidagi muammolarni hal etish hamda kam ta’minlangan va ko‘makka muhtoj oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
🤝 Tomonlar kelgusida hamkorlikda ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.