Новости

Последние новости

янв.21
Quva tumanida deputatlar aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rganmoqdalar
янв.21
Deputatlar tumanda paxta yetishtirish holati bilan yaqindan tanishdilar
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi deputatlik guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tumanda "Ishbilarmon ayol" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalarining amalga oshirilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yuksak natija e’tirofi — Quvada oltin va kumush medal sohiblari taqdirlandi
янв.21
Karkidondagi ekoturizm loyihasi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING 103-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Sessiyamiz ishida Mirobod tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman prokurori, 2-sektor rahbari v.b. U.Abdullaev, tuman DSI boshlig‘i X.Inomov, tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Madaminova, sektor kotiblari, shuningdek, mutasaddi rahbarlar va masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Sessiya ishida Mirobod tuman sektor rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qarorining ijrosi yuzasidan, shuningdek, sektorlarda Mirobod tumani sektorlarida 2024-yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, 2024 yilning 2-choragida yoshlar bilan muloqot qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, Mirobod tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘I F.Madaminovaning Mirobod tumanida 2024 yilning 2-choragida “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobotlar hisobotlar eshitib chiqildi.
Shuningdek, 2024 yil 2-chorakda turli sohalarda erishilgan natijalar va 2024 yil 3-chorak uchun rejalarga oid masʼullarning hisobotlari tinglandi va muhokama qilindi.
Sessiya yakunida kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Slide 1 of 4