Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi deputatlik guruhining
yig‘ilishi o‘tkazildi
Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasidan saylangan deputatlar
guruhining 2025 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda
deputatlar tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida aholining muammolarini
o‘rganish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
va partiyaning dasturiy maqsadlarini hayotga tatbiq etish yo‘nalishida amalga oshirilgan
ishlar tahlil qilindi.
Shu bilan birga,
fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilgani, mahalladagi dolzarb muammolar aniqlangani
va ularni bartaraf etish bo‘yicha davlat idoralari bilan hamkorlikda choralar ko‘rilgani
ta’kidlandi.
Ayniqsa, yoshlar,
xotin-qizlar va ishsiz aholi bilan individual tarzda ishlashga alohida e’tibor qaratilgani
qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida
deputatlar guruhi tomonidan yilning ikkinchi yarmi uchun ustuvor vazifalar belgilanib,
joylarda aholi muammolarini hal etishda faol ishtirok etish, partiya tashabbuslarini
yanada keng targ‘ib etish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi.